Aktyor va rejissyor Silvestr Stalloneni nomusga tegişda ayblaşdi, deb xabar bermoqda TMZ huquqni muhofaza qiliş organlaridagi manbaga tayangan holda.
Naşr ma'lumotiga köra, Santa-Monika politsiyasiga tegişli ariza bilan nomi oşkor etilmayotgan ehtimoliy qurbon murojaat qilgan. Iddao etilişiça, hodisa Stallonening ofisida 1990 yilda yuz bergan.
Artist bu ayblovni rad etmoqda. U qarşi da'vo arizasi bilan çiqişni rejalaştirmoqda.
Politsiya olingan ma'lumotni örganib çiqadi va uni prokuraturaga taqdim etadi, şundan söng keyingi harakatlar böyiça qaror qabul qilinadi.
Kaliforniya ştatida şunga öxşaş jinoyatlar uçun belgilangan muddat 10 yilni taşkil etadi. Biroq uşbu holatda (Hollivudda şunga öxşaş mojarolar sönggi paytda köpayib ketdi), manbalar sözlariga köra, huquqni muhofaza qiliş organlari bunday jinsiy xatti-harakatlar böyiça barça arizalarni körib çiqmoqda.












