O‘zbekiston Forbes'ning biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlari reytingida
Forbes jurnali biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingini taqdim etdi. Unda O‘zbekiston 99-o‘rinni egalladi. 12 yildan beri tuzib kelinuvchi ushbu reytingdan dunyoning 153 mamlakati o‘rin olgan.
Forbes mazkur reytingni dunyoning so‘nggi 12 yildagi eng yirik iqtisodiyotlari asosida tuzib keladi. Jurnal 153 mamlakatni 15 mezon bo‘yicha baholaydi: mulkchilik, innovatsiyalarni joriy qilish darajasi, soliqqa tortish ko‘rsatkichlari, texnologiyalar, korrupsiya darajasi, erkinlik (shaxsiy, savdo va moliyaviy), byurokratizm va sarmoyadorlarning himoyalanganlik darajasi.
Forbes'da shuningdek o‘n yilda birinchi marta ba'zi mezonlarga o‘zgartirish kiritilgani ma'lum qilindi. Masalan, fond bozori ko‘rsatkichlari inobatga olinmay, "ishchi kuchi", "infratuzilma", "bozor hajmi", "turmush sifati" va "siyosiy tavakkal" kabi mezonlar qo‘shildi.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston 65-o‘rinda, Tojikiston - 108-o‘rinda, Qirg‘iziston esa 123-o‘rinda qayd etilgan. Turkmaniston reytingda yo‘q.
Reytingning ilk o‘rinlari Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Niderlandiya mamlakatlariga nasib etgan. So‘nggi o‘rinlarda esa Chad, Gambiya va Gaiti keltirilgan.
Mavzuga oid
19:12 / 14.10.2024
O‘zbekiston ochlik darajasi eng past bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi
18:35 / 03.10.2024
O‘zbekiston global bilimlar indeksida 78-o‘rinni egalladi
15:59 / 02.10.2024