Amerikaning Forbes naşri yil davomida eng köp daromad olgan sportçilar reytingini yangiladi.
Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu öz faoliyatida oltinçi marta, qatorasiga törtinçi marta yilning eng köp daromad oluvçi sportçilari röyxatida birinçi örinni egalladi. 41 yoşli portugaliyalikning sönggi 12 oydagi daromadi 300 million dollarga baholanmoqda, şundan 235 million dollari klubdagi maoşi, qolgan 65 million dollar reklama kelişuvlari va maydondan taşqaridagi biznes evaziga qölga kiritilgan.
Ikkinçi örinni meksikalik boksçi Kanelo Alvares (170 million dollar), uçinçi örinni «Inter Mayami» (AQŞ) klubining argentinalik hujumçisi Lionel Messi (140 million dollar) egallab turibdi.
Eng köp maoş oluvçi sportçilarning kuçli önligi quyidagi körinişni olgan:
Kriştianu Ronaldu (futbol, Portugaliya) – 300 million dollar;
Kanelo Alvares (boks, Meksika) – 170 million dollar;
Lionel Messi (futbol, Argentina) – 140 million dollar;
Lebron Jyeyms (basketbol, AQŞ) – 137,8 million dollar;
Syoxey Otani (beysbol, Yaponiya) – 127,6 million dollar;
Stefen Karri (basketbol, AQŞ) – 124,7 million dollar;
Jon Ram (golf, Ispaniya) – 107 million dollar;
Karim Benzema (futbol, Fransiya) – 104 million dollar;
Kevin Dyurant (basketbol, AQŞ) – 103,8 million dollar;
Lyuis Xemilton (formula-1, Buyuk Britaniya) – 100 million dollar.
Naşr hisob-kitoblariga köra, kuçli 50 talikdagi sportçilar bevosita sport faoliyatidan – maoş, bonus va mukofot pullaridan – qariyb 3 milliard dollar işlab topgan. Yana 1,1 milliard dollar reklama şartnomalari, tijoriy loyihalar, ommaviy çiqişlar va sportdan taşqari boşqa daromad manbalari hissasiga töğri keladi.









