O‘zbekiston | 10:30 / 22.12.2017
16887
2 daqiqa o‘qiladi

«Bizga bahoni xalq beradi». Prezident Oliy Majlisga murojaat qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Simpoziumlar saroyida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaat qilmoqda. Marosim «O‘zbekiston 24» telekanalida jonli ravishda efirga uzatilmoqda.

«Kim bizga baho beradi degan savol ko‘ndalang turishi kerak. Har bir rahbar shuni bilishi kerak, bundan keyin boshqa yo‘l bo‘lmaydi. Xalq bilan muloqot prinsipiga uyg‘un bo‘ladi, bahoni xalq beradi. Biz buni unutib yuborganmiz. Odamlar muloqotni juda intiq bilan kutganini guvohi bo‘ldik. Hali muammolarni yechish uchun ko‘p masalalar oldimizda turibdi.

Xalqimiz qanday ko‘zimizni ochdi? Xalq endi adolat, adolat va yana bir marta adolatni hammamizdan so‘raydi», dedi prezident.

«Odamlarimiz nimadir salgina bo‘lsa ham bo‘larmikan degan yil bilan yashamoqda. Biz shu kuni olib tashlashimiz kerak. Ular birinchi qadamlarga ishonaymi-ishonmaymi degan hayrixohlik bildirdi. Ertasi kunga ishonchi oshib borishni boshlanmoqda, desak adolatli bo‘ladi», deya davom etdi prezident.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid