«Juda katta marra olganmiz»

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Simpoziumlar saroyida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaat qilmoqda. Marosim «O‘zbekiston 24» telekanalida jonli ravishda efirga uzatilmoqda.
Prezident o‘tgan yil davomida qilingan ishlar haqida gapirdi.
«Juda katta marra olganmiz. 25 yilda qilinmagan ishlar marrasini olganmiz.
Bizning siyosatda oyog‘imizga kishan bo‘lgan bitta masala bor – noreal raqamlar ortidan quvish. Endi amaliy natijadorlik, inson manfaatlari islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Hozir juda ko‘p ishlarni Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan qilmoqdamiz. Jahon hamjamiyati bilan statistikamizni to‘g‘irlab olishimiz kerak. 8-10 foiz degan balandparvoz gaplar kimga foyda berdi? 10 foizni necha marta tekshirtirdim.
Darrov bir yilda hamma narsani qilib bo‘lmaydi. Buni bilimli, ilmli odamlar qiladi. Oltin valyuta zaxiralari bir yilda 1,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Ko‘paygani davlatimiz qudratidan dalolat. Hech qaysi tadbirkor kerak emas mahsulot olib kelmaydi, eksportbop, raqobatbardosh mahsulot olib keladi», dedi prezident.
Prezident, shuningdek, ayollarning muammolarini eslatib o‘tdi.
«Ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish yil, kun emas, soat sayin oshmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasi nega jim? Bong urishi kerak ular. «Mahalla» bo‘yicha ham hali o‘zgarishlar bo‘ladi. Oylik tizimi mos kelmayotgani ko‘rinib turibdi. Buni to‘g‘ri tushunaman. Qolaversa, ishlaganimizga hali endi bir yil bo‘lmoqda», dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024