Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 daqiqada 3ta gol. «Arsenal» «Liverpul» bilan o‘yinda kambek qildi
«Arsenal» va «Liverpul» Angliya chempionatining 19-turi doirasidagi uchrashuvda durang natija qayd etdi. Londondagi «Emireyts — Eshberton Grouv» stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Mersisaydliklar so‘nggi to‘rt tur ichida uchinchi marta durang natijani qayd etishdi.
Filippe Koutino 26-daqiqada uchrashuvdagi hisobni ochdi. Muhammad Saloh 52-daqiqada jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Mezbonlar 53- va 58-daqiqa orasida uch marta to‘p kiritishning uddasidan chiqishdi: Aleksis Sanches, Granit Jaka va Mesut O‘zil o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Roberto Firmino hisobni tenglashtirdi.
«Liverpul» 35 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi, «Arsenal» (34 ochko) – beshinchi.
Arsenal – Liverpul 3:3 (0:1, 3:2)
Gollar: 0:1 – 26 Koutino, 0:2 – 52 Saloh, 1:2 – 53 Sanches, 2:2 – 56 Jaka, 3:2 –58 O‘zil, 3:3 – 71 Firmino.
Arsenal – Chex, Belerin, Koselni, Monreal (Mustafi, 46), Meytlend-Naylz, Uilsher, Jaka, Ivobi (Uelbek, 78), O‘zil, Sanches (Uolkott, 89), Lyakazett.
Liverpul – Minole, Gomes, Lovren, Klavan, Robertson, Xenderson(Milner, 13), Jan, Saloh, Koutino (Oksleyd-Chemberlen, 84), Mane(Veynaldum, 80), Firmino.
Ogohlantirish: Ivobi (58).
Mavzuga oid
22:18 / 01.04.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
16:00 / 19.02.2026
Angliyada poyga boshlandi. «Arsenal»ga nima bo‘lyapti?
23:09 / 06.02.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:06 / 09.12.2025