Jahon | 09:41 / 23.12.2017
4690
1 daqiqa o‘qiladi
Chilidagi sel qurbonlari soni 15 kishigacha oshdi
Chilining Vilya-Santa-Lusiya posyolkasida o‘tgan hafta oxirida yuz began sel oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishigacha oshdi. Qutqaruvchilar yana bir jasadni topishgan. 7 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.
Fojia joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Chilining favqulodda vaziyatlar milliy boshqarmasining ma'lum qilishicha, mamlakat prezidenti Mishel Bachelet mutasaddi xizmatlarga 20 kun ichida posyolka aholisi qayerga ko‘chirib o‘tkazilishini hal qilish vazifasini topshirgan. Fojia yuz bergan hudud yashash uchun xavfli, deb topilgan.
300 kishi yashagan posyolka favqulodda yordam ko‘rsatishni ta'minlash uchun falokat hududi, deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
07:40 / 06.11.2024
Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi
09:40 / 05.08.2024
Hindiston janubida ko‘chkilar qurbonlari soni 358 kishiga yetdi
11:27 / 02.08.2024
Hindiston janubidagi ko‘chkilar qurbonlari soni 256 kishiga yetdi
16:33 / 31.07.2024