Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Tojikistonga gumanitar yordam taqdim etdi
Foto: News.tj
Qozog‘iston hukumati 22 dekabr kuni Tojikistonga ming tonna mazut hajmida gumanitar yordam topshirdi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston OAV.
Qozog‘istonning Tojikiston Respublikasidagi elchisi Nurlan Seytimov Tojikistonning Moddiy zaxiralar bo‘yicha agentligiga ming tonna mazut (neft qoldig‘i)ni topshirgan.
Qozog‘istondan Tojikistonga hammasi bo‘lib 100-markali mazut bilan to‘la 16 ta vagon-sisterna olib kelingan.
Qozog‘istonlik diplomatning o‘z chiqishida ta'kidlashicha, bu gumanitar yordam birodar xalqqa taqdim etilmoqda hamda Qozog‘iston hukumati yordam ko‘rsatishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston o‘tgan yilning avgustida Tojikistonga 120 tonna oziq-ovqat mahsuloti ko‘rinishida insonparvarlik yordami taqdim etgandi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025