Qozoğiston hukumati 22 dekabr kuni Tojikistonga ming tonna mazut hajmida gumanitar yordam topşirdi, deb xabar bermoqda Qozoğiston OAV.

Qozoğistonning Tojikiston Respublikasidagi elçisi Nurlan Seytimov Tojikistonning Moddiy zaxiralar böyiça agentligiga ming tonna mazut (neft qoldiği)ni topşirgan.

Qozoğistondan Tojikistonga hammasi bölib 100-markali mazut bilan töla 16 ta vagon-sisterna olib kelingan.

Qozoğistonlik diplomatning öz çiqişida ta'kidlaşiça, bu gumanitar yordam birodar xalqqa taqdim etilmoqda hamda Qozoğiston hukumati yordam körsatişda davom etadi.

Eslatib ötamiz, Qozoğiston ötgan yilning avgustida Tojikistonga 120 tonna oziq-ovqat mahsuloti körinişida insonparvarlik yordami taqdim etgandi.