Fan-texnika | 22:30 / 24.12.2017
24258
2 daqiqa o‘qiladi

Uch kamerali hashamatli Huawei P11 smartfoni suratlarda

Joriy yilning oktabrida ishlab chiqarilgan Huawei Mate 10 Pro flagman smartfoni foydalanuvchilarda har taraflama qiziqish uyg‘otdi - dizaynidan tortib to ajoyib kamerasigacha. Shunday bo‘lsa-da, bu ishlab chiqaruvchi odatda yiliga uchta flagman taqdim etadi. 

Bo‘lg‘usi yangi qurilma ko‘plab xususiyatlar bilan "siylangan", biroq asosiylari - uch asosiy kamera, hoshiyasiz IPS-ekran hamda yuzni skanerlovchi iPhone X muqobili. Huawei P11 tashqi ko‘rinishni skanerlovchi modulga ega bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchi telefonning orqa tomonidan barmoq izlari skanerini ham joylaydi. Shunday ekan, foydalanuvchilar qaysi skaner modulidan foydalanishni tanlash imkoniga ega bo‘lishadi. 

Foto: AKKet.com

Bugun Science and Knowledge dizaynerlari birinchi marta hashamatli Huawei P11 smartfonini suratlarda namoyish qilishdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy korporatsiyasining yangi flagmani hoshiyasiz 6-dyuymli IPS-ekran, sakkiz yadroli HiSilicon Kirin 970 top-protsessori, 6 Gb operativ va 128 Gb flesh-xotira, uch asosiy 40 Mp va 24 Mp frontal kamera, shisha korpus va ikkinchi avlod USB Type-C'ga ega bo‘ladi. 

Foto: AKKet.com
Foto: AKKet.com

Qator manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Huawei P11 uch asosiy kamerasi hisobiga ajoyib effektli suratlar oladi, shuningdek 4-karra optik zumlarni qo‘llash imkonini beradi. Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda iPhone X, Samsung Galaxy Note 8 va boshqa top mobil qurilmalar faqat 2 karra yaqinlashtiruvni ta'minlay oladi.

Foto: AKKet.com
Foto: AKKet.com

Huawei kompaniyasining yangi smartfoni taqdimoti kelgusi yilning fevralida MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid