Huawei kompaniyasining Digital Power bölimi Platin homiy sifatida “haftalik” tadbirlarida faol iştirok etmoqda. “Making the Most of Every Ray” (Har bir nurning maksimal samarasi) umumiy mavzusi ostida Huawei Digital Power sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va xavfsizlik yeçimlarini integratsiya qiliş orqali quyoş energiyasini maksimal darajada yiğiş, saqlaş va iste’mol qilişga qaratilgan past uglerodli intellektual energetika yeçimlarini taqdim etmoqda. Şuningdek, kompaniya zamonaviy energetika tizimlarida quyoş energiyasining özgarib borayotgan roliga doir öz qaraşlari va istiqbolli yondaşuvlarini baham körmoqda, qayta tiklanuvçi energiya manbalarining uluşi ortib borişi bilan tarmoq barqarorligi, tizim işonçliligi va uning hayotiy siklining ahamiyati tobora oşib borayotganini ta’kidlamoqda.
“Özbekiston energetika haftaligi – 2026” doirasida Huawei kompaniyasi nomidan Huawei’ning Özbekistondagi direktori janob Tan Syaosyan hamda Huawei Digital Power’ning Smart PV & ESS mahsulot yönalişi böyiça vitse-prezidenti va marketing direktori Erik Çjun (Eric Zhong) iştirokida Energetika vazirligi va Silk Road Energy Planning and Engineering kompaniyasi bilan energetika tizimi obektlarida zamonaviy sinovlarni ötkaziş böyiça Özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.

Uşbu memorandum energetika tizimining işonçliligi va barqarorligini oşiriş, elektr tarmoqlarini xavfsiz boşqariş hamda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini samarali integratsiya qilişga qaratilgan. Erişilgan kelişuvlar doirasida tomonlar real vaqt simulyatorlari va Hardware-in-the-Loop (HIL) texnologiyalaridan foydalanişni rejalaştirmoqda. Bu esa elektr stansiyalari va boşqaruv tizimlarini real ekspluatatsiya şaroitiga maksimal darajada yaqin bölgan, jumladan avariya holatlarida ham xavfsiz sinovdan ötkaziş imkonini beradi. Memorandum texnologik hamkorlikni kengaytiriş, ilğor tajribalarni joriy etiş hamda Özbekiston energetika tizimining xavfsizligi va samaradorligini yanada mustahkamlaş uçun muhim asos bölib xizmat qiladi.
Huawei ekspertlari forum doirasidagi yalpi sessiyalarda ma’ruzalar bilan iştirok etdilar. Erik Çjun “Özbekistonda aqlli energetika: raqamlaştiriş va energiya samaradorligining sinergiyasi” (“Smart Energy in Uzbekistan: Synergy of Digitalisation and Energy Efficiency”) mavzusidagi sessiyada qatnaşib, Özbekistonning “yaşil” iqtisodiyot sari tez sur’atlarda harakat qilayotganini hamda quyoş va şamol energetikasi sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş böyiça yuksak maqsadlarini ta’kidladi. U özining asosiy nutqida sönggi ön yil içida fotoelektrik, şamol va energiya saqlaş texnologiyalari butun dunyo böylab sezilarli ösişni namoyon etganini qayd etdi. Biroq qayta tiklanuvçi energiya manbalarining uluşi oşib borişi bilan, işlab çiqariş, elektr tarmoği va iste’mol darajalarida tizim muvozanati va barqarorligi bilan boğliq yangi çaqiriqlar yuzaga kelayotganini ta’kidladi.



















