Jahon | 14:59 / 25.12.2017
12011
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh ketidan Gvatemala: Al-Quds Isroil poytaxtiga aylanmoqda

Foto: Reuters

​Gvatemala prezidenti Jimmi Morales mamlakatning Isroildagi elchixonasini Al-Quds shahriga ko‘chirishini bildirdi. Morales joriy yilning 6 dekabr kuni e'lon qilingan AQSh prezidenti Donald Trampning qarorini qisman ma'qullab, elchixonasini Al-Quds shahriga ko‘chirishini bildirgan ikkinchi davlat rahbari bo‘ldi. Prezidentning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida shu haqda xabar qoldirilgan.

Uning yozishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatlashgach, ushbu qarorga kelgan. 

Payshanba kuni o‘tkazilgan BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishida jahonning 128ta mamlakati prezident Donald Trampning qarorini yoqlamasdan, rezolyutsiya qabul qilgandi. Xususan, O‘zbekiston ham mazkur davlatlar tarkibida ovoz bergan.

Garchi jahon hamjamiyati Al-Quds shahrining betaraflik maqomini tan olsada, Isroil rasmiylari birma-bir Gvatemala prezidenti e'lon qilgan xabarga ijobiy munosabatda ekanini bildirmoqda. 

Ma'lumot uchun, rasmiy vakolatxona hamda elchixonalar asosan davlat poytaxtida ochiladi, shuningdek, poytaxtning rasmiy maqomi shu kabi diplomatik "yurishlar" bilan aniqlanadi.
 

Mavzuga oid