Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayiqqa sakrab chiqib olgan timsoh sayyohlarni vahimaga soldi (video)
AQShning Florida shtatida timsoh bir necha sayyoh bo‘lgan qayiqning ichiga sakrab tushib oldi. Bu holatning videosi bilan Daily Mirror nashri bo‘lishdi.
Kichik kater sohil bo‘yida dam olayotgan timsohdan bir necha metr uzoqlikda suv chekkasida turgan. Sayyohlardan biri timsohni tasvirga olayotgan bo‘lgan.
Kadr ortida, taxmin qilinishicha, kater egasining ovozini eshitish mumkin. U “Bu yerdan bemalol uning belini silay olishingiz mumkin, shundaymi?”, deb hazil qiladi.
Timsoh qayiqdagi odamlar shovqinidan bezovtalanib, bir sakrashda qayiq ichiga tushib oladi. Shunda odamlar vahimada qayiqning nariga chekkasiga o‘tib oladilar. Timsoh qayiqning chetidagi to‘siqlar orasidan suqilib, suvga tushib ketadi. Ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2026
Katta Farg‘ona kanalida timsohlar yurgani rad etildi
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
20:43 / 22.02.2026