Ijtimoiy tarmoqlarda katta Farğona kanalida timsohlar yurgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, holat yuzasidan Uçqörğon tumani Guliston, Paxtaçi, Tegirmon va Birlik mahallalari hududidan oqib ötuvçi katta Farğona magistral kanalida örganiş işlari olib borilgan. Biroq örganiş jarayonida kanalda timsoh mavjudligi aniqlanmagan.

Boşqarma fuqarolardan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarga işonmaslikni hamda faqat rasmiy manbalarga tayanişni söradi.