Qozog‘istonliklar BAAga vizasiz borishi mumkin
Qozog‘iston va BAA o‘rtasida vizasiz tartibning o‘rnatilishi haqidagi hujjat ratifikatsiya qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmonov xabar bergan.
"Ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartib barcha turdagi pasportlarga nisbatan tatbiq etilishi kerak. Ayniqsa, dam olish mavsumi boshlanishi bilan BAAga tashrif buyurishni istagan qozog‘istonliklar soni ortib ketadi. Shu tufayli ushbu hujjat qabul qilinmoqda. Biz o‘zimiz tarafdan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni yakunladik.
BAA vakillari ham ushbu hujjatni ko‘rib chiqqach, o‘rnatilgan tartibda ratifikatsiya qilishi kutilmoqda", deydi Tashqi ishlar vaziri.
Qayrat Abdraxmonovning ta'kidlashicha, xuddi shunday kelishuv Tailand bilan ham imzolanmoqda.
Ma'lumot uchun, Qozog‘iston fuqarolari 30ta mamlakatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin.
Mavzuga oid
20:36 / 12.10.2024
Jizzaxda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazildi
20:50 / 11.10.2024
Qozog‘iston fond birjasi Moskva birjasi bilan barcha aloqalarni uzdi
15:10 / 11.10.2024
Qozog‘istonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik ushlandi
21:41 / 09.10.2024