Prezident 22 may kuni Toşkentdagi Xalqaro kongress markazida Özbekistonda kitobxonlikni rivojlantiriş böyiça umummilliy harakatga start beriş marosimida iştirok etdi.
Davlat rahbari bugun dunyo şiddat bilan özgarayotgani, raqamli texnologiyalar, zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellekt hayotimizga tobora çuqur kirib kelayotganini ta’kidladi. Bunday murakkab şaroitda insonning mustaqil fikrlay olişi eng katta ustunlik ekani qayd etildi.
– Kitob öqiydigan odam teran va soğlom fikrlaydi. Bunday tafakkurga ega inson esa jamiyatni özgartira oladi, – dedi prezident.

Ta’kidlanganidek, Yangi Özbekistonda mutolaa madaniyati va kitobga e’tibor davlat siyosati darajasiga kötarilmoqda. Kitobxonlik faqat ta’lim masalasi emas, balki millat kelajagi, xalqimizning ma’naviy qudrati va mamlakat raqobatbardoşligini ta’minlaydigan muhim omildir.
Davlat rahbari uluğ ajdodlar – Imom Buxoriy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Alişer Navoiy, Mirzo Uluğbek kabi mutafakkirlar insoniyat sivilizatsiyasiga ulkan hissa qöşganini qayd etdi. Ularning yuksak marralarga erişişida ilmga intiliş va kitob mutolaasi asosiy manba bölgan.

Şu ma’noda, Özbekiston xalqaro maydonda qudratli va yuksak salohiyatli xalq sifatida özini namoyon etişi uçun ikki mustahkam asosga tayanişi zarurligi ta’kidlandi. Bular – bebaho ilmiy va ma’naviy meros hamda zamonaviy ilm-fan va ilğor texnologiyalar.
Prezident öz faoliyatining dastlabki kunlaridan yoşlarni kitobga oşno qiliş, ularda bilimga mehr va rağbat uyğotişga ustuvor ahamiyat qaratib kelayotganini ta’kidladi. 2017 yildan buyon ötkazilayotgan “Yoş kitobxon” tanlovi millionlab yoşlarni kitobga yaqinlaştirdi. “Yoş kitobxon oila” tanlovi esa mutolaa muhitini har bir xonadonga olib kirişga xizmat qilmoqda.

Marosimda kitobxonlikni rivojlantiriş böyiça xalqaro tajribaga ham e’tibor qaratildi. Xususan, Birlaşgan Arab Amirliklarida 2015 yilda Şayx Muhammad bin Raşid Ol Maktum taşabbusi bilan boşlangan “Arab kitobxonlik tanlovi” dasturi bugungi kunda jahondagi eng yirik ma’rifiy harakatlardan biriga aylangani qayd etildi. Qisqa vaqt içida uşbu taşabbus 200 milliondan ortiq öquvçini qamrab olgan.




















