Uçraşuv avvalida BAA prezidenti Şayx Muhammad Ol Nahayon, mamlakat boş vaziri va Dubay amiri Şayx Muhammad Ol Maktum hamda vitse-prezident Şayx Mansur Ol Nahayonning samimiy salomi va ezgu tilaklari davlatimiz rahbariga yetkazildi.

Muloqotda Özbekiston va BAA örtasidagi döstlik va strategik şeriklik munosabatlari jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş, byurokratiyani qisqartiriş va islohotlar natijadorligini ta’minlaşga qaratilgan qöşma “yöl xaritasi”ning amaliy ijrosini yuqori baholadi.

Şuningdek, “Beş million sun’iy intellekt yetakçilari” ta’lim dasturi doirasida erişilgan natijalar e’tirof etildi. Loyiha hozirga qadar bir milliondan ortiq iştirokçini qamrab olgani ta’kidlandi.

Uçraşuvda davlat organlari faoliyati samaradorligini baholaş tizimini yanada takomillaştiriş, mahalliy hokimiyat vakillarini mazkur jarayonlarga keng jalb etiş, şuningdek, umummilliy kitobxonlik harakatini birgalikda yölga qöyiş rejalari körib çiqildi.

Tomonlar yoşlarni qöllab-quvvatlaş, qöşma taraqqiyot forumlarini taşkil etiş hamda Özbekiston rivojiga xizmat qiluvçi strategik va konseptual hujjatlarni tayyorlaş böyiça hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.