Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda IShIDning 2 minggacha jangarisi borligi ma'lum qilindi
Foto: RIA Novosti
Afg‘oniston armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Sharif Yaftaliy Afg‘onistonda IShID jangarilari soni 2 mingdan oshmasligini ma'lum qildi.
O‘tgan haftada Rossiya prezidentining maxsus vakili, Rossiya tashqi ishlar vazirligining Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulov Afg‘onistonda IShID jangarilari soni 10 mingdan ko‘proq ekanligini, ular safiga jumladan Suriya va Iroqdan jangarilar kelib qo‘shilayotganini ma'lum qilgandi.
“Biz Afg‘onistonda IShIDning 2 minggacha jangarisi borligini tasdiqlaymiz”, deb aytgan Yaftaliy.
O‘z navbatida Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Vois Ahmad Barmok Afg‘onistonda harakat qilayotgan jangarilari Suriya va Iroqdan qaytib kelgani haqidagi tasdiqqa qo‘shilmasligini aytdi.
“Bizning ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistondagi IShID mintaqaviy davlatlar maxsus xizmatlari tomondan yaratilgan kuch hisoblanadi”, deb aytgan vazir.
Oxirgi oylarda Afg‘onistondagi vaziyat ancha yomonlashgan. “Tolibon” harakati yirik shaharlarga hujum qila boshlagan. Shuningdek, mamlakatda IShID ta'siri kuchaygan.
Mavzuga oid
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
21:38 / 27.12.2025