Jahon | 10:20 / 26.12.2017
12971
3 daqiqa o‘qiladi

«Berish kerak emas, shunda olishmaydi» - Nazarboyev poraxo‘rlar haqida

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev yuqori mansabli rahbarlar va amaldorlarning qo‘lga olinishi hamda jinoiy ta'qib etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiya mojarolariga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

Nazarboyev bu haqda davlat telekanali efirida mahalliy jurnalistlarga bergan intervyusida o‘z fikrini bildirdi. "Faqatgina bizning davlatda emas, butun dunyoda hozircha hech kim korrupsiya ustidan yakuniy g‘alabaga erishganini ma'lum qilmadi. Biroq, biz qattiq kurash olib borayotganimiz hamda buni barcha ko‘rayotgani, bu bor narsa", - deya ta'kidlab o‘tgan u.

Nazarboyevning xabar qilishicha, o‘tgan va shu yil davomida 1129 nafar davlat xizmatchisi javobgarlikka tortildi, mamlakatning sobiq bosh vaziri va boshqa yirik amaldorlar bilan bog‘liq mojaroli ishlar ham bor. "Ostona EKSPO-2017" prezidenti. U EXPO’ning qurilishi uchun xarajatlarga 800 milliard ajratilishini rejalashtirgandi. Yesimov keldi, u bu summaning teng yarmini olib tashladi. 400 milliardga qurishdi", - degan u.

“Pavlodar, Atirau, Qarag‘anda viloyatlari hokimlari, vazirlar o‘rinbosarlari, amaldorlar va farmatsiya bilan shug‘ullanganlar ham javobgarlikka tortilmoqda. Ya'ni – “alohida” shaxslar mavjud emas. Hamma shuni tushunishi lozim. Vazirlarni qamoqqa tashlamoqdamiz, buning nimasi yaxshi? Hech narsa, keyin odamlarni shu darajaga qadar yetkazish uchun qancha vaqt sarflash kerak. Ularni lavozimga tayinlash, kuzatib borish, yordam berish, qo‘llab-quvvatlash, hamda mana... endi ular qamalmoqda", - dedi Qozog‘iston rahbari.

Uning ma'lum qilishicha, mamlakatda korrupsiya bilan kurash davom etmoqda. "Biz bir soniyaga ham to‘xtamaymiz. Aksincha, yana katta kuch bilan kurashamiz. Men shuni aytmoqchimanki, agarda pora olayotgan bo‘lsa, kim bermoqda? Kim? Bizning fuqarolar. Shuning uchun bu umumxalq ishi. OAVda ham shu haqda gapirish kerak. Berish kerak emas, shunda olishmaydi", - deya xulosa qildi Nazarboyev.

Mavzuga oid