Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti va Qozog‘iston bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qozog‘istonga rasmiy tashrifi davomida Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sag‘intayev bilan uchrashdi.
Ma'lum qilinishicha, uchrashuv vaqtida Qirg‘iziston-Qozog‘iston hamkorligining dolzarb masalalari va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida keyingi o‘zaro harakatlar istiqbollari bo‘yicha fikrlar almashilgan.
Jeenbekov Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlik masalalarini hal qilishga katta e'tibor qaratayotganiga minnatdorlik bildirgan.
“Qozog‘iston barcha, jumladan yo‘l xaritasini amalga oshirish doirasidagi barcha masalalarni o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal qilish istagida. Prezidentimiz Nursulton Nazarboyev har doim “qozoq xalqi uchun qirg‘izlardan yaqinroq xalq yo‘q” deb ta'kidlaydilar”, deb aytgan Sag‘intayev.
Tomonlar yo‘l xaritasini amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tishgan va ikki davlat xalqlari YeOIIga kirishdan ijobiy jihatlarni his qilishlari uchun barcha masalalarni hal qilish zarurligini ta'kidlab o‘tishgan.
Shuningdek, tomonlar suv inshootlari va zaxiralaridan birgalikda oqilona foydalanish masalalarini muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026