Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi qochqinlar lagerida IShID jangarilari topildi
Mag‘lubiyatga uchratilgan IShID terrorchilik guruhi jangarilari Suriya-Iordaniya chegarasida joylashgan Ar-Rukban qochqinlar lagerida yashirinmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Xoms viloyatining chegaraoldi tumanlarida tinch jarayonni muvofiqlashtirish va xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha koordinator Xaj Adal aytib o‘tdi.
"Lagerda bo‘lib turgan mening odamlarim ma'lumotiga ko‘ra, u yerda o‘zini “Yangi Suriya Armiya”si deb atayotgan jangarilar guruhi bor. Ularning soni unchalik katta emas. Guruh IShIDdan qochgan va Ar-Rukbanga qochganlar, bu guruhga majburiy tarzda sodiqlik keltirgan qochqinlardan iborat. Shuningdek Ar-Rukbanda xorijlik yollanma shaxslar ham payqalgan", - deya ma'lum qildi u.
Ar-Rukban qochqinlar lageri Amerikaning At-Tanfa harbiy bazasi yaqinidagi xavfsiz hududda joylashgan.
Ar-Rukbandagi qochqinlar juda og‘ir ahvolda qolishgan: Iordaniya chegarasi ular uchun yopiq va u yerdan yordam kelmayapti. Shu bilan birga, muxolif guruhlar jangarilari xavfsizlik hududini to‘sib qo‘yishmoqda va BMT gumanitar konvoylarini qo‘yishmayapti.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, lagerda hozirgi kunda taxminan 50 ming qochqin bor.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026