Jamiyat | 10:50 / 27.12.2017
19352
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada 150 valyutafurush qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Farg‘onada valyuta qimmatliklari qonunga xilof ravishda muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan 11 fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 141 ma'muriy huquqbuzarlikka doir ishlar yuritilgan. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyat boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlar davomida 152 holatda fuqarolar tomonidan valyuta qimmatliklari qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilgani aniqlangan. 

D.Berdiqulov va U.Ergashevlar 8 ming 250 AQSh dollarini 63 million 937 ming 500 so‘mga sotayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlangan. 

T.Soliyev va G‘.Mamasoliyevlar 7 ming AQSh dollarini 53 million 900 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Ularning yonidan 699 AQSh dollari va 864 ming so‘m pullar sotish maqsadida saqlab kelingani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatda olingan. 

UzA Matnazarov Otabek
Tayyorlagan UzA Matnazarov Otabek
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid