Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev yil yakunida samimiy nutq qildi
Foto: Akorda.kz
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona shahrida tashkil etilgan xayriya tadbirida ishtirok etdi. Oqo‘rda Matbuot xizmatining xabar berishicha, prezident yil yakunidagi nutqlaridan birida bajarilgan ishlarning sarhisobiga to‘xtalib o‘tgan.
«Tugallanib borayotgan yil bizga yirik va yorqin voqealari bilan yodda qolmoqda. Qishki Univertsiada hamda «EXPO-2017» xalqaro ko‘rgazmasi qozog‘istonliklarga haqiqiy sport va texnologik bayramni taqdim eta oldi. Biz Islom hamkorlik tashkilotining sammitini eng yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tkazdik», deb so‘z boshlagan prezident.
Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik Kengashidagi ishtiroki borasidagi masalaga alohida to‘xtalib, «bu yosh davlatga nisbatan bildirilgan ishonch ekanini ta'kidlagan».
«Deyarli 200ta davlatlar ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Kelasi yil biz Jahon va an'anaviy dinlar yetakchilarining yirik anjumanini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Islohot va natijalarning ortida har bir kishining ulkan mehnati turibdi, o‘ylaymanki, har bir fuqaro Qozog‘iston hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘zini aloqador etib his etishi tabiiy», deb qo‘shimcha qilgan u.
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti o‘z nutqini bayramona kayfiyatda yakunlab, barchani Yangi yil bilan qutladi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025