Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda qariyb 150 kishi halok bo‘ldi – OAV
Foto: Mohammed Huwais
Yamanda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya aviazarbalari olti kun ichida oddiy aholi orasida 143 nafar insonning halok bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda RIA Novosti BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi matbuot kotibi Liz Trosselga tayangan holda xabar tarqatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yamanda 22-28 dekabr kunlari Saudiya Arabistoni koalitsiyasi zarbalari tufayli 237 odam jabrlangan, ulardan 143 nafari halok bo‘ldi va 94 nafari jarohat oldi.
Yamanda 2014 yildan beri qurolli mojaro davom etmoqda. Unda bir tomondan «Ansar Allo» shialar harakatidan bo‘lgan isyonchi husiylar, boshqa tomondan esa – hukumat qo‘shinlari va prezident Abdu Rabbo Mansur Hodiy tarafdorlari bo‘lgan ko‘ngillilar ishtirok etmoqda. Hukumatni havodan va yerdan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, husiylarga yaqin vaqtlargacha sobiq prezident Ali Abdulla Solihga yaqin bo‘lgan harbiylar ko‘mak ko‘rsatib kelayotgandi. Noyabr oxirida husiylar va Solih o‘rtasida mojaro yuz berdi, u Solihning 4 dekabr kuni halok bo‘lishi bilan yakunlandi.
Mavzuga oid
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
10:17 / 25.12.2025
Saudiyaning yangi raqamli platformasi O‘zbekistonda ham tatbiq etilishi mumkin
09:46 / 25.12.2025
O‘zbekiston–Saudiya: Haj va Umra mavsumida viza bo‘yicha hamkorlik kuchaytiriladi
22:28 / 22.12.2025