Yamanda Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya aviazarbalari olti kun içida oddiy aholi orasida 143 nafar insonning halok bölişiga olib keldi. Bu haqda RIA Novosti BMTning inson huquqlari böyiça Oliy komissari Boşqarmasi matbuot kotibi Liz Trosselga tayangan holda xabar tarqatdi.

Uning sözlariga köra, Yamanda 22-28 dekabr kunlari Saudiya Arabistoni koalitsiyasi zarbalari tufayli 237 odam jabrlangan, ulardan 143 nafari halok böldi va 94 nafari jarohat oldi.

Yamanda 2014 yildan beri qurolli mojaro davom etmoqda. Unda bir tomondan «Ansar Allo» şialar harakatidan bölgan isyonçi husiylar, boşqa tomondan esa – hukumat qöşinlari va prezident Abdu Rabbo Mansur Hodiy tarafdorlari bölgan köngillilar iştirok etmoqda. Hukumatni havodan va yerdan Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasi qöllab-quvvatlayotgan bölsa, husiylarga yaqin vaqtlargaça sobiq prezident Ali Abdulla Solihga yaqin bölgan harbiylar kömak körsatib kelayotgandi. Noyabr oxirida husiylar va Solih örtasida mojaro yuz berdi, u Solihning 4 dekabr kuni halok bölişi bilan yakunlandi.