Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:40 / 29.12.2017
5886
1 daqiqa o‘qiladi
Portugaliya prezidenti favqulodda jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi
Foto: Portugalresident.com
Portugaliya prezidenti Marselo Rebela di Soza favqulodda jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi. Bu unda kindik churra tushishi sabab ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Amaliyot yanvar oyiga mo‘ljallangandi, biroq prezidentning ahvoli yomonlashgani tufayli u avvalroq amalga oshirildi», - deyiladi xabarda.
Di Soza ishtirokidagi barcha tadbirlar jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani tufayli bekor qilindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish