Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorlik bilan shug‘ullanganda imtiyozlar beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi Farmonida nogironligi bo‘lgan shaxslarning turmush darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bunday shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga, jamiyatdagi faol pozitsiyasini shakllantirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan bir qator choralar belgilangan.
Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Xususan, Farmon bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat'i nazar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun - bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qat'iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025