Jahon | 20:15 / 01.01.2018
5004
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Pokistonni afg‘onistonlik jangarilarni yashirishda aybladi  

Foto: AFP

AQSh Pokistonga moliyaviy yordam jo‘natgan, biroq Tehron terrorchilikka qarshi kurashda yordam bermagan va afg‘onistonlik jangarilarni yashirgan, ammo “endi bunday bo‘lmaydi”, deb aytdi AQSh prezidenti Donald Tramp.     

“AQSh Pokistonga oxirgi 15 yil ichida 33 mlrd dollardan ko‘proq yordam o‘tkazgan, ular esa bizning yetakchilarni ahmoq deb o‘ylab, bizga yolg‘on va firibgarlik bilan javob qaytarganlar. Ular biz Afg‘onistonda ov qilayotgan terrorchilarga boshpana bermoqdalar va deyarli hech qanday yordam ko‘rsatmayaptilar. Bo‘ldi yetar!”, deb yozgan Tramp tvitterda.

2017 yil oktabrda AQSh Pokiston razvedka boshqarmasini (ISI) terrorchilik guruhlari bilan aloqadorlikda ayblagan. 

2016 yil iyulda Afg‘oniston razvedkasining sobiq rahbari Rahmatulla Nabil Pokiston hukumati “Tolibon” va “Haqqoniy tarmog‘i” terrorchilik guruhlari a'zolariga 2014-2015 yillarda yordam berganini isbotlovchi hujjatlarni oshkor qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid