Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xo‘jandda palovdan ommaviy zaharlanish yuz berdi, 4 kishi vafot etdi
Tojikistonning Xo‘jand shahrida yashovchi to‘rt nafar shaxs zaharlanish tufayli hayotdan ko‘z yumdi, yana to‘rt inson shifoxonada qolmoqda. Vosedagi ommaviy zaharlanish holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
«30 dekabr kuni Xo‘jand shahrida yashovchi 8 do‘st bayramni nishonlash uchun yig‘ilishib, palov tayyorlashgan. Biroq palov tanovul qilinganidan so‘ng, ular o‘zlarini yomon his qilishdi va Xo‘jand shahrining 1-raqamli shifoxonasiga olib ketildi», - deya xabar berdi «AP» So‘g‘d viloyati IIB matbuot markaziga tayangan holda.
Manba so‘zlariga ko‘ra, ularning to‘rt nafari hayotdan ko‘z yumgan, yana to‘rt nafari shifoxonada qolmoqda.
«Hozircha tergov davom etmoqda hamda zaharlanish sabablari aniqlashtirilmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan manba.
Mavzuga oid
14:06 / 01.12.2025
1 kg palov qiymati: Qoraqalpog‘istonda – eng arzon, Toshkent shahrida – eng qimmat
13:52 / 03.09.2025
1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?
09:39 / 29.07.2025
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivalda 7 tonna palov tayyorlanadi
12:09 / 02.07.2025