Sport | 16:10 / 02.01.2018
33968
1 daqiqa o‘qiladi

Makgregor vs Nurmagomedov. Mojaro davom etmoqda

Foto: SportsJOE

Aralash yakkakurashlar bo‘yicha rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov va UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgergor ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro mojaroni davom ettirdi, deb xabar qilmoqda RT.

Irlandiyalik shunday yozgan: «Men sening uy hayvonlaringni so‘yib, ularning terisini xuddi po‘stin kabi ustimga kiyib olaman. Men buni faqat bir marta qilaman».

Rossiyalik jangchi esa bunga shunday munosabat bildirdi: «Sen ularni «Guchchi» do‘konidan sotib olishing mumkin. Biroq oktagonda ayiq seni yeb qo‘yadi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorning haqoratlariga javob qaytargani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid