Jahon | 08:02 / 02.01.2018
7832
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada yangi vazirlar tayinlandi

Suriya prezidenti Bashar Asad yangi mudofaa vazirini tayinladi. SANA axborot agentligining ma'lum qilishicha, mudofaa vaziri etib general Ali Abdulloh Ayub tayinlangan. U Fahad Frayj o‘rnini egallagan. Ma'lum qilinishicha, Asad, shuningdek,  sanoat va axborot vazirlarini ham almashtirgan.  

Sanoat vaziri etib Muhammad Mazin Ali Yusuf, axborot vaziri etib Imod Abdulloh Sar tayinlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid