Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2018 yilda 35 ta koinot parvozini amalga oshirmoqchi
Foto: AP
Xitoy 2018 yilda 35 ta koinot parvozini amalga oshirmoqchi. Bu Xitoy koinot dasturi uchun rekord natija bo‘ladi. Bu haqda Xitoyning aerokoinot fani va texnikasi korporatsiyasi (CASC) bayonotida aytilgan.
Bayonotda aytilishicha, joriy yil Xitoyning bir qator koinot dasturlarini rivojlantirishdagi muhim yil bo‘ladi. 2018 yilda ko‘plab loyihalar amalga oshirilishining eng muhim pallasiga kiradi. Xususan, gap “Chan'e-4” oy qurilmasi missiyasi haqida ketmoqda. Missiyada qurilmani Oyning ko‘rinmas tomoniga qo‘ndirib, u yerdan Yer bilan aloqa o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Avvalroq qurilma koinotga “Chanchjen-5” raketa-tashuvchisi yordamida olib chiqilishi ma'lum qilingandi.
Xitoy 2018 yilda koinotga 3-avloddagi 18 ta “Beydou” sun'iy yo‘ldoshini olib chiqmoqchi. Bu qurilmalar parvozi Xitoyning o‘z global navigatsion tizimini yaratish dasturi doirasida amalga oshiriladi.
Xitoy hozirda milliy orbital stansiyani qurish dasturini faol ilgari surmoqda. Stantsiya 2022 yildan foydalanishga kiritilmoqchi. U har biri 20 tonnaga yaqin keladigan uchta moduldan iborat bo‘ladi. Ayni vaqtda mavjud raketa-tashuvchilar quvvati bu stansiyani koinotga olib chiqish uchun yetarli emas, shu sababli “Chanchjen-5” seriyasidagi og‘ir raketalar qo‘llanishi rejalashtirilgan. “Chanchjen-5” raketasining uchirilishi Xitoy koinot dasturini rivojlantirishdagi eng muhim hodisalardan biri bo‘ladi.
2017 yilda Xitoy 16 ta koinot parvozini amalga oshirgan.
Mavzuga oid
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026