Navalniy qanday qilib korrupsiyaga qarshi kurashni modaga kiritdi?
Vladimir Putinning asosiy raqibi, prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga taqiq qo‘yilgan Aleksey Navalniy bir necha yildan beri korrupsiyalashgan hukumatga qarshi kurashning asosiy timsoli bo‘lib kelmoqda, deb yozadi Liberation jurnalisti Anait Mirijanyan.
"Uchuvchisiz uchar qurilma Toskanadagi ajoyib uzumzorlar va zaytunzorlar uzra parvoz qilmoqda. Kamera XVII asrda qurilgan chiroyli villa hamda 100 gektar maydonni qamrab olgan. Bu hayratlanarli uzumzorlar italiyalik nufuzli oilaga emas, balki Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga tegishli. U g‘alati siyosatchi hisoblanib, biroz oddiydek ko‘rinadi hamda yangi texnologiyalar bilan jiddiy qiziquvchi kishidek tasavvur uyg‘otadi", - deyiladi maqolada.
Keng ommaga noma'lum bo‘lgan ushbu ma'lumotlar Aleksey Navalniy tomonidan Rossiyadagi korrupsiyaga bag‘ishlangan hisobotlardan birida e'lon qilindi. Advokat va ko‘proq millatga urg‘u beruvchi bloger bugun Vladimir Putinning asosiy siyosiy muxolifatchisi sanaladi, biroq u avval elitadagi korrupsiya bo‘yicha tekshiruvlari bilan mashhur bo‘lib ketdi. U hukumatga bosim o‘tkazish hamda mamlakatni siyosiy o‘tish jarayoniga undashga harakat qilmoqda. "Uning Korrupsiya bilan kurash jamg‘armasi shuni aniqladiki, Medvedev mamlakatning hamma joyida, shuningdek xorijda ko‘chmas mulkka ega", - deya ta'kidlaydi muallif.
Bunday tekshiruvlar Navalniyning asosiy kuchli tomoni hisoblanadi. 2011 yilda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasida 40 kishi ishlaydi, ular korrupsiyaga doir dalillarni qidiradi hamda Tergov qo‘mitasi, prokuratura va davlat muassasalariga arizalar berishadi. Tashkilot xodimlari hamda ko‘ngillilar yo‘llarning yomon holati va byudjyet mablag‘larini noqonuniy sarflash bilan kurash bo‘yicha loyihalar bilan shug‘ullanadilar. Yuridik bo‘lim esa qonun loyihalarini ishlab chiqadi, da'vo arizalarini taqdim etadi va sud jarayonlarida ishtirok etadi. Bu faoliyatning barchasi kraudfanding yordamida moliyalashtiriladi. Shu bilan birga, shaffoflik uchun kurashayotgan Navalniy anonim yordam pullardan bosh tortmoqda, deb yozadi Mirijanyan.
"Navalniyning tekshiruvlari jamoatchilik orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi. Bosh vazirning ko‘chmas mulki bilan bog‘liq ochiqlangan ma'lumotlardan so‘ng, Rossiyaning ko‘plab shaharlarida mitinglar bo‘lib o‘tdi. O‘n minglab odamlar, jumladan ko‘plab o‘smirlar va talabalar 26 mart kuni tashkillashtirilgan mitingda qatnashdi. U 2013 yildan so‘ng Kremlga qarshi qaratilgan eng yirik shunday aksiyaga aylandi. Poytaxtda 600 dan ortiq kishi hibsga olindi – bu yana bir tarixiy rekord", - deyiladi maqolada.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024