Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi jangari guruhlar o‘rtasida janglar davom etmoqda
IShID jangarilari 3 yanvar kuni Suriya sharqidagi Dayr-az-Zorda «Hizbulloh» guruhini qamal qilgan.
Al Masdar News agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida «Hizbulloh» jangchilari halok bo‘lgan. Keyinroq «Hizbulloh» Suriya armiyasi va Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusi bo‘linmalari bilan ittifoqchilikda qarshi hujumga o‘tgan.
Bundan tashqari, 3 yanvar kuni «Hay'at Tahrir ash-Shom» guruhi jangarilari («Jibhat an-Nusra» asosida tuzilgan) Idlib viloyatida reyd o‘tkazib, IShID jangarilarini o‘ldirgan va qurol-yaroqlarini o‘zlashtirgan.
2017 yil davomida IShID tashkiloti og‘ir yo‘qotishlarga uchradi. Endilikda ushbu tashkilot davlat sifatida mavjud emas va harbiy harakatlar olib bora olmaydi. Endilikda tashkilotning qolgan-qutgan jangarilari bir vaqtning o‘zida Suriya armiyasi va boshqa turli guruhlardan himoyalanishga majbur bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026