O‘zbekiston | 10:20 / 04.01.2018
7793
1 daqiqa o‘qiladi
TIVning 2017 yildagi faoliyatini qanday baholaysiz?
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘z faoliyati bo‘yicha so‘rov o‘tkazmoqda. Tegishli so‘rov vazirlik rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.
TIV saytida so‘rov bitta savoldan iborat: «Siz TIVning 2017 yildagi faoliyatini qanday baholaysiz?» Javoblar esa to‘rt variantdan iborat: «A'lo», «Yaxshi», «Qoniqarli» va «Yomon».
4 yanvar kuni soat 10:27dagi holatga ko‘ra, ovoz berganlarning 45,8 foizi TIV faoliyatini «A'lo» deb baholagan bo‘lsa, 22,9 foizi «Qoniqarli» ekanini bildirgan. 16,7 foiz – «Yaxshi» va 14,6 foiz – «Yomon».
Qayd etilishicha, TIV faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni press@mfa.uz elektron manziliga yuborish mumkin.
Mavzuga oid
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi
12:37 / 21.06.2022
Xitoy elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi
12:43 / 04.05.2022