Madaniyat, fan va ta’lim, soğliqni saqlaş, sport va turizm, gumanitar aloqalar sohalarida xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi tizimida Madaniy-gumanitar aloqalar, turizm va sport masalalari boşqarmasi taşkil etildi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, yangi bölinma Özbekistonning belgilangan yönalişlar böyiça taşqi siyosiy vazifalarini amalga oşiriş, sivilizatsiyalar global muloqotida Özbekiston faol pozitsiyasini ta’minlaş va Özbekiston ijobiy imijini ilgari surişda muvofiqlaştiruvçi örin tutadi. 

Xorijiy muzey fondlari, arxivlari va kolleksiyalarida saqlanayotgan Özbekiston milliy madaniy va ilmiy meroslarini izlab topiş, qaytariş, şu jumladan asl nusxalar dublikatlarini oliş orqali qaytarişda iştirok etadi. 

Şuningdek, boşqarma özbek tili, madaniyati, tarixi, adabiyotini xorijda örganiş va taqdim etiş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş va hamkorlikni kengaytirişga kömaklaşadi. 

Boşqarma vakolatiga kiruvçi yönalişlar böyiça talabalar işlab çiqariş amaliyotini taşkil etiş, oliy öquv yurtlari örtasida va akademik şartnomalar hamda memorandumlar tuziş çoralarini köradi.

Yangi boşqarma faoliyatida «yumşoq kuç», xalq, madaniy va sport diplomatiyasi vositalaridan keng foydalanişga ustuvor ahamiyat beriladi.

2022 yil 1 iyuldan vazir ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini ta’minlaş böyiça maslahatçisi Anvar Abduhalimov bir vaqtning özida Madaniy-gumanitar aloqalar, turizm va sport masalalari boşqarmasi boşqarma boşliği etib tayinlandi.