Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YHXB xodimlari tomonidan tadbirlar o‘tkazilmoqda
2018 yilning 3 yanvar kuni, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir jarayonida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 672 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Shulardan:
- mast holatda transport vositasini boshqarish – 11 ta;
- transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 9 ta;
- svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik – 22 ta;
- harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 6 ta;
- odam tashishi qoidalarini buzish – 43 ta;
- tezlikni belgilangan me'yoridan oshirish – 44 ta;
- bo‘ysunmaslik - 3;
- xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik – 197 ta;
Jami 57 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Qayd etilishicha, hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026