Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunis va BAA «yarash-yarash» qildi
Foto: Middleeastmonitor
Tunis Transport vazirligi Emirates Airlines aviakompaniyasiga mamlakatga uchib kelish va undan parvoz qilishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Ushbu taqiq dekabr oxirida BAA hukumatining mamlakatga Tunis fuqarolari bo‘lgan ayollarni kiritmaslik bo‘yicha qaroriga javoban joriy etilgandi, deya xabar berdi Transport vazirligi o‘z saytida.
BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi payshanba kuni mamlakat hukumati o‘tgan yilning dekabr oyida joriy etilgan hamda Tunis fuqarolari bo‘lgan ayollarning Emirates Airlines aviakompaniyasida parvoz qilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish haqida bir qarorga kelganini xabar berdi.
"Kompaniya Tunisga va undan parvozlarni tiklamoqda, bu Tunis fuqarolari bo‘lgan ayollarga nisbatan ko‘rilgan choralar bekor qilinganidan so‘ng yuz bermoqda. Kelishuv shuni nazarda tutadiki, Emirates aviakompaniyasi xalqaro kelishuvni hurmat qiladi", - deyiladi vazirlik xabarida.
Shu bilan birga, BAA tashqi siyosat idorasi Tunis bilan hamkorlikni va ushbu davlat tomonidan taqdim etilgan ma'lumotni yuqori baholashini bildirdi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:04 / 13.12.2025
BAAda ishlayotgan o‘zbekistonliklar sonini oshirish rejalashtirilmoqda
15:41 / 05.12.2025