Fan-texnika | 16:22 / 06.01.2018
15523
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

LG kelajak televizorlarini yaratmoqda

Foto: LG

LG Electronics CES 2018 ko‘rgazmasida televizorlar ko‘rish tajribasini yangi darajaga ko‘tarib, OLED va SUPERUHD yangi modellaridagi televizorlarda ThinQ® sun'iy idrok texnologiyasi hamda ilg‘or protsessorni taqdim etadi. ThinQ yuzlab ovozli so‘rovlarni ham o‘zining ochiq platformasiga, ham boshqa sun'iy idrok servislariga amalga oshirish imkonini beradi.

Foydalanuvchilar LG televizorlariga o‘rnatilgan sun'iy idrok funksionali bilan masofadan boshqaruvchi pultga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishlari va ilg‘or ovozli boshqaruvning barcha qulayliklaridan bahramand bo‘lishlari mumkin. LGThinQTV uy xabi sifatida ham ishlaydi, u maishiy smart texnikaga – robotlashtirilgan changyutgich, konditsioner, havo tozalagich, yoritish, kolonkalar va boshqa qurilmalarga kirish imkonini beradi. Ular esa televizorga Wi-Fi yoki Bluetooth simsiz ulanishi yordamida bog‘lanishi mumkin.

Eng yangi LGALPHA 9 protsessori bozordagi yetakchi OLEDTV televizorlariga quvvat qo‘shadi. Tomoshabinlar tasvir sifati bo‘yicha yanada yaxshilanishni baholashlari mumkin, uni ko‘pchilik eng yaxshi deb tan olib bo‘ldi. LGNanoCell (SM) SUPERUHDTV chuqur qora rangni berish va ranglar palitrasini kengaytirish, shuningdek aniq tasvirlarni yaratish uchun yuqori kontrastni ta'minlash uchun to‘la matrik lokal xiralashtirishni qo‘llaydi.

Zamonaviy hayot tarzini «aqlli» texnologiya yordamida o‘zgartirish

OLED va SUPERUHDTV’dagi LG ThinQ’ga ega smart televizorlar yangi qatori LG’ning o‘z texnologiyalariga asoslangan DeepThinQ «Chuqur o‘qitish» yo‘nalishidagi «aqlli» ovozli boshqaruv va o‘zaro aloqa uchun tabiiy tilni ishlash (NLP) texnologiyasini joriy etish orqali hamkorlikning keng tajribasini taklif qiladi. Maksimal moslashtirilgan jarayon foydalanuvchilarga tezda o‘yin konsoliga yoki tashqi saundbarlarga ulanish imkonini beradi. Foydalanuvchilar oddiygina «Menga ma'lum aktyor suratga tushgan filmlarni ko‘rsat» yoki «yoga bo‘yicha video darslarni ko‘rsat» kabi og‘zaki buyruqni televizion boshqaruv pulti orqali berib, axborot, tasvirlar va o‘ziga xos mazmunga videolarni izlashlari mumkin.

Foto: LG

ThinQ’ga LG televizorlari real vaqt rejimida axborotni taqdim etish va kerakli kontentli kanalga o‘tish uchun televizion telegid (EPG) bazasidagi servislarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun dasturning nomini ko‘rsatmasdan yoki muayyan vaqtni belgilamasdan televizorga «ushbu film tugagach, televizorni o‘chirib qo‘y» yoki «ushbu filmga saundtrekni top» kabi buyruq berish kifoya. Bundan tashqari, bir qator mamlakatlardagi iste'molchilar aqlli uy anjomlarini boshqarish yoki boshqa ishlab chiquvchilar xizmatlarini faollashtirish uchun GoogleAssistant’dan foydalanishlari mumkin.

Tasvir sifati idealga yaqin

Eng yangi LGALPHA9 protsessori maksimal haqiqiy tasvirlarni rang, aniqlik va chuqurlik bilan uzatib beradi. Asosiy innovatsion element to‘rt bosqichli shovqinlarni kamaytirish jarayonidir. Algoritm tovush shovqinini sezilarli darajada kamaytirish, tasvirlarning ravshanligini oshirish va kadrlar o‘rtasida yumshoq o‘tishga imkon beradi.

Protsessor shuningdek, rang berishni ham yaxshilaydi, bunda turli xil ko‘rinishidagi ranglarni aks ettirish imkoniyati hal qiluvchi o‘rin kasb etadi. Ranglarni to‘g‘irlash yaxshilangan algoritmi ranglarni tabiiyroq uzatish imkonini beradi. Kadrlarning yuqori chastotasini (HFR) qo‘llab-quvvatlovchi ALPHA 9 uzluksiz o‘tishi uchun soniyasiga 120 kadrni uzatishi mumkin, bu esa dinamik kontent translyatsiyasining - sport voqealari yoki ekshn-filmlarga yuqori sifat beradi. Natijada, yangi protsessor yordamida 2018 yilgi LGOLEDTV qatori istalgan kontentni haqiqatdan ajoyib vizual tajriba uchun eng yuqori sifatda namoyish etadi.

NanoCell texnologiyasi effektining butunlay mahalliy parda va ALPHA 7 protsessori bilan kuchaytirish

2017 yilda LG kompaniyasi eng yaxshi tasvirga ega bo‘lgan LCD-televizorni yaratishga bo‘lgan katta istagida katta muvaffaqiyatlarga erishdi, bu NanoCellSUPERUHD televizorlari qatorining paydo bo‘lishiga olib keldi. 2018 yilgi LG kompaniyasining SUPERUHD televizorlar qatori NanoCell texnologiyasi, to‘liq mahalliy parda va ALPHA7 protsessorini birlashtirib, tomoshabinga chuqur qora rang, yaxshilangan vizuallashuv, detallashtirilgan soyalar va aniq rang berishni har qanday ko‘rish burchagidan taqdim etish kabi texnologik afzalliklarni taklif etadi.

Foto: LG

Joriy yildagi to‘la mahalliy parda texnologiyasiga ega SUPERUHD televizorlari yoritishning zichroq zonasiga ega, u butun ekran bo‘ylab joylashgan. Boshqa televizorlarda esa yoritish zonasi panel orqasidagi ekran chetlarida jamlangan. LG texnologiyasi qora rang berishni va LED-qismlarning bir-biridan mustaqil tarzda tasvir chuqurligini yaxshilaydi. Bunda soyalar uzatilishi takomillashtiriladi va nurni yo‘qotish kamayadi, bu esa kontrastning yaxshilanishi va tasvirning ajoyib sifatiga olib keladi.

Ehtimol, eng yaxshi 4KCinemaHDR-tajriba

LG kompaniyasining 2018 yildagi OLED va SUPERUHD televizorlari o‘ziga 4KCinemaHDR optsiyasini qamrab oladi, u uydan chiqmay turib, shakldan qat'i nazar o‘zingizni kinoteatr zalida his etishingizga imkon beradi. Technicolor kompaniyasidan AdvancedHDR qo‘llab-quvvatlovi esa, asosiy HD-shakllarni qo‘llab-quvvatlash an'anasiga asoslangan – DolbyVision (SM) ajoyib vizual tajribasidan HDR10 va HLG’gacha (HybridLog-Gamma). 2018 yildagi LG’ning OLED va SUPERUHD televizorlar qatori HDR tasvirni dinamik, kadrlar bo‘yicha, o‘zining patentlangan algoritmi EnhancedDynamicTonemapping’dan foydalangan holda ishlaydi. 2018 yilgi ham OLED, ham SUPERUHD DolbyAtmos tizimi bilan jihozlangan, u obektli-yo‘naltirilgan hajmli tovush chiqarish imkonini berib, eng yaxshi audio-vizual hissiyotni hadya qiladi.

«LG uydagi ko‘ngilochar texnika segmenti uchun innovatsiyalarni tatbiq etish bo‘yicha doimiy izlanishdadir. LGThinQ va ALPHA 9 protsessori shunday vizual tajribani taklif etadiki, uni bozorda hech kim ortda qoldira olmadi», - deydi LGHomeEntertainment kompaniyasi prezidenti Brayan Kvon. «Biz iste'molchilar hayotini yaxshilashdan manfaatdormiz, bu 2018 yilgi televizorlar qatorida aks ettirilgan».

CES2018 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar Las-Vegasdagi ko‘rgazma markazining markaziy zalida LG’ning yangi televizorlarini ko‘rishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid