LG Electronics CES 2018 körgazmasida televizorlar köriş tajribasini yangi darajaga kötarib, OLED va SUPERUHD yangi modellaridagi televizorlarda ThinQ® sun'iy idrok texnologiyasi hamda ilğor protsessorni taqdim etadi. ThinQ yuzlab ovozli sörovlarni ham özining oçiq platformasiga, ham boşqa sun'iy idrok servislariga amalga oşiriş imkonini beradi.

Foydalanuvçilar LG televizorlariga örnatilgan sun'iy idrok funksionali bilan masofadan boşqaruvçi pultga töğridan-töğri murojaat etişlari va ilğor ovozli boşqaruvning barça qulayliklaridan bahramand bölişlari mumkin. LGThinQTV uy xabi sifatida ham işlaydi, u maişiy smart texnikaga – robotlaştirilgan çangyutgiç, konditsioner, havo tozalagiç, yoritiş, kolonkalar va boşqa qurilmalarga kiriş imkonini beradi. Ular esa televizorga Wi-Fi yoki Bluetooth simsiz ulanişi yordamida boğlanişi mumkin.

Eng yangi LGALPHA 9 protsessori bozordagi yetakçi OLEDTV televizorlariga quvvat qöşadi. Tomoşabinlar tasvir sifati böyiça yanada yaxşilanişni baholaşlari mumkin, uni köpçilik eng yaxşi deb tan olib böldi. LGNanoCell (SM) SUPERUHDTV çuqur qora rangni beriş va ranglar palitrasini kengaytiriş, şuningdek aniq tasvirlarni yaratiş uçun yuqori kontrastni ta'minlaş uçun töla matrik lokal xiralaştirişni qöllaydi.

Zamonaviy hayot tarzini «aqlli» texnologiya yordamida özgartiriş

OLED va SUPERUHDTV’dagi LG ThinQ’ga ega smart televizorlar yangi qatori LĞning öz texnologiyalariga asoslangan DeepThinQ «Çuqur öqitiş» yönalişidagi «aqlli» ovozli boşqaruv va özaro aloqa uçun tabiiy tilni işlaş (NLP) texnologiyasini joriy etiş orqali hamkorlikning keng tajribasini taklif qiladi. Maksimal moslaştirilgan jarayon foydalanuvçilarga tezda öyin konsoliga yoki taşqi saundbarlarga ulaniş imkonini beradi. Foydalanuvçilar oddiygina «Menga ma'lum aktyor suratga tuşgan filmlarni körsat» yoki «yoga böyiça video darslarni körsat» kabi oğzaki buyruqni televizion boşqaruv pulti orqali berib, axborot, tasvirlar va öziga xos mazmunga videolarni izlaşlari mumkin.

Foto: LG

ThinQ’ga LG televizorlari real vaqt rejimida axborotni taqdim etiş va kerakli kontentli kanalga ötiş uçun televizion telegid (EPG) bazasidagi servislarni qöllab-quvvatlaydi. Şuning uçun dasturning nomini körsatmasdan yoki muayyan vaqtni belgilamasdan televizorga «uşbu film tugagaç, televizorni öçirib qöy» yoki «uşbu filmga saundtrekni top» kabi buyruq beriş kifoya. Bundan taşqari, bir qator mamlakatlardagi iste'molçilar aqlli uy anjomlarini boşqariş yoki boşqa işlab çiquvçilar xizmatlarini faollaştiriş uçun GoogleAssistant’dan foydalanişlari mumkin.