Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad ismi Avstriyada eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar uchtaligiga kirdi
Muhammad ismi Avstriya poytaxti Venada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar ichida 3-raqamlisi bo‘ldi. Bu haqda Kronen Zeitung xabar qildi.
“Bu rasman tasdiqlangan: 2017 yilda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar – Aleksandr va Maksimilian bo‘ldi, musulmoncha Muhammad ismi esa 3-o‘rinni egalladi”, deyilgan gazetadagi xabarda.
Ta'kidlanishicha, bunda Muhammad ismining Muhamad, Muhammet, Mohamad, Muhammad va Muhammed kabi turlicha yozilishlari hisobga olingan.
Wiener Zeitung nashri chaqaloqlarga qo‘yilgan ismlar bo‘yicha aniq ma'lumotlarni keltirib o‘tdi. 2017 yilda Venada 175 nafar Aleksandr, 161 nafar Maksimilian va 159 nafar Muhammad ismli bolalar dunyoga kelgan. Shuningdek, o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar beshtaligidan David (151) va Filip (137) ismlari ham o‘rin olgan.
Qiz chaqaloqlarga berilgan ismlar orasida Sofiya (183 chaqaloq), Sara (173) va Anna (142) ismlari yetakchilik qilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026