Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft Windows'ni yangilashga urinib kompyuterlarni o‘chirib qo‘ydi
Foto: Matthias Balk / DPA / Globallookpress.com
Microsoft korporatsiyasi Windows uchun yangilanish jarayonini to‘xtatdi. Patch AMD protsessorli kompyuterlarning to‘liq o‘chishiga olib keldi. Bu haqida 9 yanvar, seshanba kuni The Verge xabar berdi.
"Microsoft korporatsiyasiga AMD chiplari egalaridan Windows operatsion tizim xavfsizligi yangilangandan so‘ng ularning kompyuterlari o‘chib qolganiga oid shikoyatlar kelib tushdi", - dedi kompaniya vakili.
Korporatsiya muammoni bartaraf qilish ustida ishlamoqda. U bu muammoda AMD'ni ayblamoqda. Yangilanishdan keyin kompyuter yoqilmagan taqdirda, Microsoft qo‘llab-quvvatlash saytiga kirishni taklif qilmoqda.
Meltdown ilovaga kompyuterning har qanday xotirasini, shu jumladan yadro xotirasini o‘qishga imkon beradi. Shu bilan birga, Spectre xakerga dasturlar izolyatsiyasidagi kamchilik hisobiga boshqa ilovalardan ma'lumot olish imkonini beradi. Mazkur kamchiliklar Intel, ARM64 va AMD protsessorlariga hujum qila oladi. Ularning ikkisi ham 2017 yilning o‘rtalarida aniqlangan, biroq ularni tuzatish patchlari faqatgina 2018 yilning boshiga kelib ishlab chiqila boshladi.
Mavzuga oid
18:55 / 14.10.2025
Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
20:59 / 26.09.2025
Microsoft Isroildagi falastinliklarni kuzatish uchun foydalanilgan xizmatlarni blokladi
02:39 / 24.08.2025
Windows 11’da Android ilovalardan foydalanish funksiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda
07:09 / 04.08.2025