Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish uchun kimlardan haq olinmaydi?
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 yanvardagi 13-son qarori bilan Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lishning namunaviy qoidalari va Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish uchun haq undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.
Namunaviy qoidalarga ko‘ra muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda quyidagilar taqiqlanadi:
o‘zlari bilan o‘qotar qurol, it, yovvoyi hayvonlarni ovlashga mo‘ljallangan aslahalar olib kirish, agar yo‘nalish rejimga muvofiq tarzda baliq ovlash joylaridan o‘tsa — qarmoq bundan mustasno;
yovvoyi hayvonlarga ovqat berish, shuningdek, hayvonlarni tutish (ovlash), uyalar, inlar, makonlarni buzish, daraxt va butalarni kesish hamda ularga zarar yetkazish, gullar, qo‘ziqorinlar, mevalar, shifobaxsh va texnik o‘simliklarni terish;
ruxsat etilmagan joylarda chaylalar qurish va palatkalar o‘rnatish, olov yoqish, tog‘ jinslariga, toshlarga, yumaloq katta toshlarga, daraxtlarga yozuvlar yozish, tabiiy obektlarning tashqi ko‘rinishini buzish, suv obektlari, yo‘nalishlar va maydonlarni ifloslantirish va bulg‘ash, ruxsat etilmagan joylarda chekish, yo‘nalishdan chiqish, o‘zboshimchalik bilan yo‘nalishni o‘zgartirish.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda tashrif buyuruvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda pullik xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Fuqarolarining quyidagi toifalaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish uchun haq olinmaydi:
ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ikkinchi jahon urushi front orti mehnat faxriylari;
I va II guruh nogironlari, mehnat faxriylari va nafaqadagi shaxslar, “Saxovat” internat-uylari qaramog‘idagi shaxslar;
7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, “Mehribonlik” uylari va “Muruvvat” bolalar internat-uylari tarbiyalanuvchilari;
oddiy askar va serjant tarkibiga kiruvchi lavozimlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar.
Hujjat matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
10:12 / 10.03.2026