Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metro bekatlaridagi oraliq vaqtni ko‘rsatuvchi soat muayyan muddat ishlamaydi

Joriy yilning 8 yanvar kunidan boshlab Toshkent metropoliteni bekatlarida vagonlar qatnovidagi oraliq vaqtlarni ko‘rsatib turuvchi soat (tablo) vaqtincha ishlamaydi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
«Toshkent metropoliteni» DUK vakilining aytishicha, rejadagi profilaktika ishlari tufayli bekatlardagi tablo 20 yanvargacha ishlamaydi. Ma'lum qilinishicha, shunday profilaktika ishlar har besh yilda bir marta o‘tkazib turilishi odatiy tusga kirgan.
Bundan avval, Toshkentdagi Sergeli tumani yo‘nalishida yangi metro stansiyasi qurilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, OAVda unga Tojikiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan yuksak ehtirom namoyishi sifatida sevimli tojik shoiri va Tojikiston qahramoni Mirzo Tursunzoda nomi berilgani haqida aytilgan.
Kun.uz axborot manbasi qator yangi metro stansiyalarining ishchi nomlari haqida ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, Yunusobod liniyasidagi yangi stansiyalar Fayzulla Xo‘jayev, Yunusobod, Turkiston deya nomlanadi. Sergeli liniyasidagi yangi stansiyalarning ishchi nomlari esa - Ippodrom, Olmazor, Choshtepa, Tursunzoda, Sergeli, Ehtirom.
Mavzuga oid
12:30 / 03.02.2026
Yerusti metro liniyasi ostidagi avtomobil ustiga fasad suvog‘i bo‘lagi tushib ketdi
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
10:47 / 24.12.2025
Toshkent metrosida yangi tajriba: to‘lov - kaftdagi “tomir izi” bilan
07:35 / 17.12.2025