Xitoy ilmiy-texnika universiteti olimlari stronsiy atomlarida optik soat işlab çiqdi. Asbob şunçalik aniqki, unda bir soniyalik xatolik atigi 30 milliard yil içida yuzaga kelişi mumkin, bu esa Koinotning yoşidan ham katta. Ekspertlarning aytişiça, asbobning paydo bölişi sekund ölçamini qayta körib çiqişga olib kelişi mumkin.
Science Alert naşrining ta’kidlaşiça, dastlab soniya sutkaning 1/86400 uluşi deb belgilangan va bu ta’rif allaqaçon yetarliça aniq emas deb topilgan.
1967 yildan boşlab, Xalqaro birliklar tizimiga köra, sekund - bu seziy-133 atomining asosiy holatining ikkita öta nozik darajalari örtasidagi ötişga töğri keladigan 9192631770 nurlaniş davriga teng vaqt birligidir. Ammo stronsiy atomlari soniyasiga taxminan 700 milliard nurlaniş davrini berib, yanada yuqori aniqlikdagi özgarişlarni taklif qiladi.
Bu zamonaviy texnologik işlanmalar, şu jumladan sun’iy yöldoş navigatsiyasi, telekommunikatsiya va aniq ölçovlar bilan talab qilinadi va fizikaning fundamental nazariyalarini tekşiriş, tortişiş tölqinlarini hisoblaş, qora materiyani qidiriş va boşqalar uçun zarurdir.













