Texnologiya | 17:10 / 10.01.2018
5634
1 daqiqa o‘qiladi

Apple bolalarni iPhone'lar ta'siridan himoya qilishga va'da berdi

Foto: The Verge

Apple kompaniyasi investorlar bosimi ostida bolalarni smartfonga tobelikdan himoyalash uchun ota-ona nazorati funksiyasini kiritishga rozi bo‘ldi. The Verge shu haqida xabar berdi

iOS'ga kiritiladigan funksiya ota-onalarga ularning farzandi ayfon ekrani qarshisida qancha vaqt o‘tkazayotganini kuzatish va zarurat tug‘ilganda gadjyetdan foydalanishni cheklash imkonini beradi. 

Kompaniya o‘smirlarning smartfonga tobelik muammosiga jiddiy munosabatda ekanini, shu bois qo‘lidan kelganicha unga qarshi kurashishga harakat qilishini ta'kidladi.  

Yangi funksiyaning kiritilish muddati hozircha ma'lum qilinmadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid