Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil etiladi
Respublikada Bosh prokuratura Akademiyasini tashkil etish rejalashtirilyapti. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida bu haqda ma'lum qilingan, deb yozmoqda “Xalq so‘zi” nashri.
Unga ko‘ra, shu yil 1 mayga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Mazkur hujjatda prokuratura organlarining yagona majmuasini (o‘quv binolari, sport-sog‘lomlashtirish inshootlari va h.k.) qurish; prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish; o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan o‘qitish va mustaqil ta'lim, interfaol va situatsion mashg‘ulotlar, treninglar o‘tkazishni keng joriy etish; qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
21:10 / 04.04.2026
FVV akademiyasi huzurida qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi tashkil etiladi
10:23 / 14.03.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026