Farmonga köra, Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida Özbekiston qişloq xöjaligi fanlari akademiyasi taşkil etiladi. Akademiya qişloq xöjaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni yönaltiriş, uzoq va yaqin muddatli ilmiy dasturlarni belgilaş hamda agrosanoat majmuini ilmiy jihatdan rivojlantirişni muvofiqlaştiruvçi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

Hujjatga muvofiq, qişloq xöjaligi va yer munosabatlari bilan boğliq islohotlarni amalga oşiriş böyiça işlab çiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qişloq xöjaligi vazirligi bilan kelişiş jarayonida majburiy tartibda akademiyada ilmiy ekspertizadan ötkaziladi.

Şuningdek, akademiyada qator ilmiy unvonlar beriş tartibi joriy etiladi. Ular qatoriga yoş akademik, akademiya professori, akademiyaning muxbir a’zosi, akademiyaning haqiqiy a’zosi (akademik) hamda akademiyaning xorijiy a’zolari kabi unvonlar kiradi.

Mazkur akademiya taşkil etilişi agrar sohada ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oşiriş, innovatsion işlanmalarni amaliyotga keng joriy etiş hamda qişloq xöjaligi islohotlarini ilmiy asosda qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.