O‘zbekiston | 12:20 / 10.01.2018
41909
2 daqiqa o‘qiladi

Chet eldagi vatandoshlarga kirish vizalari tartibi soddalashtiriladi 

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda Xorijdagi hamyurtlar bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bu boradagi qarori loyihasi 2018 yil 20 iyulga qadar TIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tayyorlanadi.

Loyihada:

chet eldagi vatandoshlarga kirish vizalari, O‘zbekiston hududida doimiy yashash uchun ruxsat olish, mehnat faoliyati yuritishga litsenziya olish tartiblarini soddalashtirish;

xorijda yashayotgan yuqori malakali O‘zbekiston fuqarolari va vatandoshlarning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, moliya, ta'lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish choralari;

mamlakat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarida rahbar va mutaxassis lavozimlariga ochiq tanlovlar e'lon qilish tartibi belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid