Jahon | 10:20 / 10.01.2018
7723
2 daqiqa o‘qiladi

Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi ta'siri qisqartiriladi 

Foto: Illyustrativ foto

O‘zbekistonda davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi ta'siri qisqartiriladi, uning ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.

2018 yil 1 iyunga qadar ishlab chiqiladigan bu boradagi tegishli qonun loyihasi ustida Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura ish olib boradi.

Davlat dasturi loyihasida qayd etilishicha, bu borada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. 

Loyihalarda:

davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish orqali ruxsat berish tartib-taomillariga oid ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish; 

davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarining tashkil etilishini cheklash;

davlat boshqaruv organlarining ayrim funksiyalarini, shu jumladan ularni muqobil tartibga solish turlariga (javobgarlikni majburiy sug‘urtalash, muvofiqlikni deklaratsiyalash va boshqalar) almashtirish orqali qisqartirish nazarda tutiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid